22 Noyabr 2021 yil 448

Jizzaxda jangovar qurollardan foydalanishga oid nazariy mashg’ulot o’quvi  o’tkazildi

Viloyat ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vazirining 2021 yil 21 oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi buyrug’i ijrosini ta’minlashga qaratilgan o’quv bo’lib o’tdi.

Tadbir doirasida ichki ishlar organlari xodimlari o’rtasida xizmat, jangovar, jismoniy, axloqiy va psixologik mashg’ulotlar o’tkazish masalasi ham ko’rib chiqildi. SHuningdek, jangovar qurollardan foydalanishga oid nazariy mashg’ulot uyushtirildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda sohaviy xizmatlarning rahbar va mas’ullari ishtirokida bo’lib o’tgan yig’ilish avvalida respublika Ichki ishlar vazirining 2021 yil 21 oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi buyrug’i xususida atroflicha so’z yuritildi.

CHunonchi, mazkur buyruq ichki ishlar organlari ma’naviy-ma’rifiy ishlar xizmati faoliyati bilan bog’liq buyruqlarni amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish, bu yo’nalishdagi faoliyatni yangicha tartibda tashkil etish uchun asos bo’luvchi yagona huquqiy bazani yuzaga keltirish, bir-birini takrorlovchi yoki turlicha talqin qilinuvchi normalarni birlashtirish orqali amaliy faoliyatni soddalashtirish, “xodimbay” tizimini hayotga samarali tatbiq etish uchun omil bo’ladi. Ayni maqsadda vazirlikning ma’naviy-ma’rifiy ishlarga oid 17 ta buyrug’i birlashtirilgan.

Umuman olganda mazkur buyruq asosida  “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” g’oyasi asosida xodimlarning odob-axloq qoidalari ishlab chiqildi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul rahbarlarning vakolat va majburiyatlari belgilandi. SHuningdek, endilikda xodimlar bilan bog’liq muammolarga individual yondashish va ularga har tomonlama yordam ko’rsatish majburiy hisoblanadi.

Bundan tashqari tashabbus bilan aniqlanadigan qonunbuzarliklar soni ortganligi uchun mas’ullar faoliyati salbiy tavsiflanmaydi. O’z navbatida ma’naviyat va ma’rifat darslari bo’yicha imtihonlarda qoniqarsiz baholangan ichki ishlar organlari xodimlari rag’batlantirish, unvon va lavozimlarga tavsiya etilmaydi. Xuddi shunday salbiy xatti-harakatlar sodir etgan xodimning rahbari ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ullar bilan birdek javob beradi. Buyruq sohaga oid shu kabi yana bir qancha o’zgarishlarni o’z ichiga olgan.

Tadbir davomida ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat, jangovar va jismoniy salohiyatini oshirish, axloqiy sifatlarini kuchaytirish, shaxsiy tarkibda psixologik treninglar uyushtirish masalalari ko’rib chiqildi. Yig’ilishda kitob mutolaasi, davlat tilida ish yuritish hamda ichki ishlar organlari xodimlari uchun joriy etilgan imtiyozlardan foydalanish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

So’ng jangovar qurollardan foydalanishga oid nazariy mashg’ulot bo’lib o’tdi. Bu jarayonda to’pponcha va avtomatik qurollarning texnik-taktik tasnifi, samarali qo’llash uslublari, xususan to’g’ri nishonga olish hamda ehtiyot choralari yuzasidan ma’lumotlar berildi.

 

Text to speech