13 Noyabr 2021 yil 80

Jizzaxda ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga esdalik nishoni hamda qimmatbaho sovg’alar topshirildi

Mamlakatimizda ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 25 oktyabr’ - Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida tantanali yig’ilish uyushtirildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi, hududiy ichki ishlar bo’limlari va sohaviy xizmatlar vakillari ishtirokida o’tgan mazkur tadbirda ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov so’zga chiqdi.

SHundan so’ng respublika Ichki ishlar vazirining buyrug’i asosida bir guruh faxriylar, rahbar va xodimlar Vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini ta’minlash yo’lidagi ko’p yillik fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi samarali mehnatlari uchun “O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Bir nafar xodim esa qonun ustuvorligi va huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirishga qo’shgan hissasi uchun respublika Bosh prokuraturasining tashakkurnomasi bilan rag’batlantirildi. Bundan tashqari patrul’-post xizmati xodimlarining xizmat, jangovar va jismoniy tayyorgarligini sinash maqsadida o’tkazilgan ko’rik-tanlovning respublika bosqichida yuqori natijalarga erishgan 5 nafar xodimga diplom va pul mukofotlari topshirildi.

Ma’lumot o’rnida aytish kerak, viloyat ichki ishlar organlari xodimlarning 200 nafarga yaqini “O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi” esdalik nishoniga munosib ko’rilgan. Nishonlar joylarda o’tkazilayotgan bayram tadbirlarida xodimlarga topshirilmoqda.

Yig’ilish davomida Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot bo’limi xodimlari bayram bilan qutlandi. SHundan so’ng sog’lom turmush tarzini targ’ib etishga qaratilgan ma’ruza o’qildi. Bu jarayonda sport bilan shug’ullanish, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari iste’molidan voz kechish, to’g’ri ovqatlanish, yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo’yicha tavsiyalar berildi. Bundan tashqari mamlakatimiz tibbiyot tizimida kechayotgan islohotlar tilga olindi.

Yig’ilish yakunida barcha ichki ishlar organlari xodimlari respublikamiz Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “YAshil makon” umummilliy loyihasini hayotga tatbiq etishga chaqirildi. Bu yo’nalishda mas’ullarga aniq topshiriq va vazifalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech