15 Mart 2023 yil 265

Zarbdor: muammolarga yechim qidirib...

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov aholi muammolariga yechim topish maqsadida joylarda fuqarolar va mas’ullar bilan muloqotlar o’tkazmoqda. Jumladan, 3- sektor rahbari Zarbdor tumanida aholi va yoshlar bilan uchrashdi.

Sayyor qabulda fuqarolar o’zlarini qiynayotgan qator muammolarni hal etishda sektor rahbaridan amaliy yordam so’rashdi. Xususan, salomatligini tiklash, bandlik, subsidiya asosida tikuv moshinkasi ajratilishi, arzonlashtirilgan uy-joy olish, elektr energiyasi, tabiiy gaz tarmoqlarini tortish, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, sizot suvlari uchun drenaj bunyod etish kabi masalalar bayon etildi. Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, mutasaddilarga ularning ijrosini ta’minlash bo’yicha vazifalar yuklatildi.

Tadbir davomida 3 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 5 kishiga elektr pech, 1 kishiga tikuv moshinasi hamda 4 nafar zarbdorlikka davolanishi hamda o’qish harajatlari uchun pul mablag’lari ajratilganligi haqida sertifikatlar topshirildi. SHuningdek, faol va tashabbuskor 4 nafar yoshlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining faxriy yorliq hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Text to speech