15 Mart 2023 yil 260

Zarbdor: muammolarga yechim qidirib...

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov aholi muammolariga yechim topish maqsadida joylarda fuqarolar va mas’ullar bilan muloqotlar o’tkazmoqda. Jumladan, 3- sektor rahbari Zarbdor tumani SHodlik mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash ishlarining borishi bilan tanishdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha o’tgan yilning dekabr’ oyida boshlangan bo’lib bugunga qadar 1 ta suv qudug’i qazilib, 1 ta suv minorisi o’rnatilgan va 6,5 kilometrlik suv quvurlari yotqizilgan. Qariyb 1 milliard 240 million so’mlik loyiha doirasida 79 ta xonadonnining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi va yana 218 ta xonadonning ichimlik suvga bo’lgan ehtiyoji qondiriladi. Aholiga suv berish yana 10 kunda boshlanishi reja qilinib, shu asosida ish olib borilmoqda.

Text to speech