31 Yanvar 2023 yil 310

O’zgarishlar haqida ma’lumot berilmoqda

IIV  Jizzax akademik litseyida mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo’naltirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorining mazmun-mohiyatini yoshlarga yetkazish maqsadida ma’naviyat va ma’rifat darslari tashkil etilmoqda. CHunonchi, litsey o’qituvchisi Gulnoza Qodirova 2- bosqich o’quvchilariga mazkur huquqiy hujjat haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Xususan, ichki ishlar organlariga nomzodlarni qabul qilishning shaffof va adolatli tizimini yaratish, ushbu tizimni raqamlashtirish, eng sara nomzodlarni xizmatga qabul qilish borasida kutilayotgan o’zgarishlar tilga olindi. SHuningdek, IIV litseylari bitiruvchilariga IIV akademiyasida bakalavriatning huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati va tezkor-qidiruv faoliyati ta’lim yo’nalishlariga to’lov-kontrakt asosida o’qitishni nazarda tutgan holda 200 nafargacha qo’shimcha har yillik qabul kvotasi ajratilishi ularning bandligini ta’minlashda omil bo’lishi bildirildi.

Text to speech