17 May 2023 yil 265

Sektor rahbari aholi bilan ochiq muloqot o’tkazdi

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov Jizzax shahrida aholi va yoshlar bilan muloqot qildi.

Ravalliq mahallasi hududidagi 11- sonli o’rta umumta’lim maktabida o’tgan sayyor qabul avvalida o’zini o’zi band qilish uchun subsidiya hamda kredit mablag’i ajratilganligi, “YOshlar daftari”da ro’yxatda turgan 4 nafar shaharliklarga shartnoma pullari to’langanligi haqidagi sertifikatlar topshirildi. SHu qatorda bir guruh faol yoshlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining faxriy yorliq hamda estalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

Muloqotda fuqarolar qator muammolarini hal etishda ko’mak zarurligini bayon etishdi. Xususan, salomatligini tiklash, ichki ko’chalarni asfal’t qilish, bandlik, qonunni buzgan shaxsga chora ko’rish, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish va rivojlantirish, uy-joy olish, kadastr hujjati bilan bog’liq muammolarga mutasaddilar ishtirokida yechim izlandi.

Jarayonda ko’tarilgan 20 dan ziyod masalalarning ijrosini ta’minlash bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Vaqt talab etadigan muammolar ijrosi nazoratga olindi. Muloqot chog’ida “mahallabay” va “fuqarobay” ish samaradorligini oshirish, ko’tarilgan muammolarni bartaraf qilish yuzasidan sektor rahbarlari va tegishli idoralar mas’ullari hamda hokim yordamchilariga topshiriqlar berildi.

SHu kuni sayyor qabulda fuqarolar tomonidan ko’tarilgan masalalar 3- sektor ishchi guruhi tomonidan joyiga chiqib o’rganildi. Jarayonda ularni hal etish bo’yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.

Text to speech