25 Noyabr 2021 yil 27

Navbatchilik qismlari hamda yordamchilarining malakalari oshirildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo’linmalari navbatchilik qismlari tezkor navbatchilari hamda yordamchilarining xizmat, jangovar va axloqiy psixologik tayyorgarlik darajasini oshirish maqsadida o’quv mashg’uloti tashkil etildi. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining chora-tadbirlar rejasi asosida o’tgan o’quv mashg’ulotlari saf ko’rigi bilan boshlandi. SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi saf nizomi, safda turish, yurish qoidalari, saflar va ularni boshqarish o’rgatildi.

Aytish joiz, ichki ishlar organlarida navbatchilik qismlari muhim o’rin tutadi. Boisi navbatchilik qismlari jinoyat va hodisalar haqidagi xabar asosida tezkor tergov guruhining voqea joyiga zudlikda yetib borishi va jinoyatlarni issiq izidan fosh qilish yoki sodir etilishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklarning oldini olishda muhim o’rin tutadi.

Mazkur o’quv mashg’ulotlari esa navbatchilik qismlari tezkor navbatchilari hamda yordamchilarining bilim va ko’nikmalari, sohaga oid hujjatlar, yangilik va o’zgarishlardan xabardorlik darajasini oshirish, xizmat vazifalarini bajarish chog’ida to’g’ri harakatiga oid bilimlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. SHu ma’noda o’quv davomida xodimlarga Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi hamda “Ichki ishlar vazirligi tizimida navbatchilikni o’tash tartibini takomillashtirish to’g’risida”gi buyruqlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

SHuningdek, ichki ishlar organlarida jinoyat va hodisalarga oid arizalar, xabarlar hamda boshqa ma’lumotlarni qabul qilish, ro’yhatga olish, ko’rib chiqish va hisobini yuritish tartibi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash talablari ham yetkazildi.

3 kun davom etgan o’quvda xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar, navbatchilik qismlarida maxsus vositalarni saqlash, xodimlarga xizmatda foydalanish uchun tarqatish va qabul qilish tartiblari hamda bu yo’nalishdagi me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati, jinoyat va hodisalar haqidagi xabarlarni qabul qilish va ro’yhatga olishda 102 avtomatlashtirilgan ma’lumotlar tizimida ishlash, boshqarma navbatchilik qismiga uzatish tartiblari bo’yicha ham bilimlari oshirildi. Bundan tashqari, qurollar, ularning turlari, foydalanilishi va xavfsizlik qoidalariga rioya etish tartiblari va xususiyatlari haqida ma’lumotlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech