18 Iyun 2022 yil 389

Kitobxonlik targ’ib qilindi

Jizzax viloyati IIB navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Jizzax viloyati IIB boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik H.Abdullayev boshqargan yig’ilishda boshqarma sohaviy xizmatilar xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirda JDPI boshlang’ich ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Dinara Abdurahmonova “Eng yaxshi sovg’a – kitob” mavzusida ma’ruza qildi. Notiq mamlakatimizda kitobxonlikni targ’ib qilish, uning shaxs ma’naviyatini o’stirishdagi o’rni xususida so’z yuritdi.

Ta’kidlanishicha, mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholi, ayniqsa yosh avlodning ma’naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimiz va san’atimizni yanada rivojlantirish, yoshlarni milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ijodkorlarning mehnatini munosib rag’batlantirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda. Zero, kitob — qalb chirog’i, tafakkur qanoti. SHaxsning ma’naviy dunyosini boyitish, atrofda yuz berayotgan voqealarni teran anglashida muhim ahamiyatga ega. Tadbirda yosh avlodni insonparvarlik, adolatparvarlik, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda kitobdan ko’ra ta’sirchan vosita yo’q ekanligi aytildi.

Ma’rifiy tadbirda O’zbekiston Respublikasi IIV, general-leytenant Po’lat Bobojonovning 2022 yil 13 iyundagi shaxsiy tarkibga oid buyrug’i bilan podpolkovnik Muxtarov Alisher Xoliqulovich Jizzax viloyati IIB ekspert-kriminalistika markazi boshlig’i lavozimiga tayinlanganligi ma’lum qilindi.

SHuningdek, viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov bir guruh xodimlarga moddiy yordam pullarini olish bo’yicha sertifikatlarni topshirdi. Bundan tashqari, 11-14 may kunlari O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida IIO xodimlarining chet tillarini bilish darajasini aniqlashga qaratilgan sinov imtihonlaridan muvafaqiyatli o’tgan xodimlar ingliz tilini bilish bo’yicha “A2 daraja” sertifikatini olishdi. SHu kuni xodimlar uchun kitob yarmarkasi ham tashkil etildi. YArmarkada xodimlar, huquqiy xujjatlar to’plamlari, milliy va jahon adabiyoti durdonalaridan harid qilishdi.

Text to speech