2 Iyul 2022 yil 357

Yutuqlar e’tirof etildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida 30 iyun’ – YOshlar kuni munosabati bilan tadbir o’tkazdi. Xususan, ichki ishlar organlari yosh xodimlari ishtirokida general va yoshlar, uch avlod uchrashuvi uyushtirildi.

Tadbirda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov yosh xodimlarni bayram bilan qutlab, ular o’zlarining bilimi, yuksak ma’naviyati, jangovar shayligi va shijoatini namoyish etishlariga ishonch bildirdi. SHu bilan birga yuksak ma’naviyatli, zukko, bilimdon yosh xodimlarning yutuqlarini e’tirof etdi.

SHundan so’ng, bir guruh yosh xodimlar munosib taqdirlandi. Xususan, Ichki ishlar vazirining buyrug’i bilan 2 nafar xodimga mukofotlar, “YAngi O’zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o’tkazilgan II- Respublika yoshlar forumida viloyat ichki ishlar organlari sha’nini munosib himoya qilib, “Quvnoqlar va zukkolar” bellashuvi va “Ko’p bosqichli jangovar-sport” musobaqalarida faxrli o’rinni eagallaganlarga boshqarma boshlig’ining qimmatbaho sovg’alari topshirildi.

Tadbir davomida soha faxriylari xodimlar uchun yaratilayotgan sharoitlar, berilayotgan imkoniyat va imtiyozlar xususida so’z yuritildi. Viloyat madaniyat boshqarmasining yosh xonandalari ijrosida kuy-qo’shiqlar yangradi. SHo’x taronalar yoshlarni o’yinga chorladi.

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech