25 Fevral 2020 yil 827

Jizzax viloyati post-patrul va jamoat tartibini saqlash boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yillik shodiyonasiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbiri

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining qabul qilinganligi 27 yillik tantanasi yurtimiz bo'ylab keng nishonlanmoqda. Xuddi shunday tadbirlar ichki ishlar tizimida ham o'tkazildi.

"Konstitusiyamiz asosida mamlakatimizda milliy Qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o'sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir". Prezidentimizning ushbu so'zlari Jizzax viloyati post-patrul va jamoat tartibini saqlash boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yillik shodiyonasiga bag'ishlab o'tkazilgan tadbirda yangrab o'tdi.

Ichki ishlar organlari vakillari ishtirokida o'tkazilgan ushbu yig'ilishda viloyat Adliya boshqarmasi vakilining ma'ruzasi tanglandi.
Notiq tadbir qatnashchilariga O'zbeksiton Respublikasi Konstitusiyasining yaratilish tarixi, davlat va xalq o'rtasidagi ishonchli poydevor, mustahkam ko'prik vazifasini o'tayotgani, hayotimizda tutgan o'rni va ahamiyati haqida to'xtalib o'tdi.

Shundan so'ng post-patrul va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari o'zini qiziqtirgan savollar bilan ma'ruzachiga yuzlanishdi. Bildirilgan fikrlar, taklif hamda mulohazalar tadbirning ko'tarinki ruhda o'tishiga zamin bo'ldi.

Aytish joizki, yurtimizda yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish hamda huquqiy ongini oshirish borasida qilinayotgan ishlar tahsinga loyiq. Xuddi shunday ezgu ishlar qatori mazkur tadbirdan so'ng ichki ishlar xodimlari O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik liseyiga tashrif buyurib, o'quvchilarga O'zbeksiton Respublikasining Konstitusiyasi kitoblarini ulashdi. Shuningdek, bosh qomusimizning hayotimizda tutgan o'rni yuzasidan bilim va ko'nikmalarini o'quvchilar bilan o'rtoqlashdi.          

Bayram kayfiyati shahrimiz bo'ylab kezib yuribdi. Albatta, ushbu ko'tarinkilikka ichki ishlar xodimlarining O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kitobini aholiga tuhfa etishi orqali ham munosib hissa qo'shayotir. Asosiy qonunimiz 27 yillik shodiyonalari yurtimiz bo'ylab keng nishonlanayotir.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech