11 Sentyabr 2021 yil 454

Haydovchi uxlab qolishi oqibatida 3 nafar yo’lovchi jarohatlandi

Toshkent-Termiz M-39 yo’lining G’allaorol tumani hududida tungi soat 04:00 larda sodir etilgan yo’l transport hodisasida 3 nafar yo’lovchi tan jarohati oldi.

Aniqlanishicha, Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani Maymanoq mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro “lasetti” avtoulovini Samarqand yo’nalishida boshqaryotib, uxlab qoladi. Oqibatda rul boshqaruvini yo’qotgan mashina o’zidan oldinda harakatlanib ketayotgan “Kamaz”ning orqa tomoniga uriladi. Halokatda “lasetti” salonida bo’lgan Qashqadaryo viloyati Koson tumani Olmazor, Maymanaq mahallalari hamda Muborak tumani Gulshan qishlog’ida yashovchi fuqarolar tan jarohati olishib, tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo’limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

Text to speech