25 Noyabr 2021 yil 424

“Xavfsiz hudud” moduli hayotga tatbiq etiladi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida ichki ishlar organlari markaziy boshqaruvida IT infratuzilmasini rivojlantirish, elektron ma’lumotlar almashinuvi hamda axborot resurslaridan foydalanish uchun korporativ tarmoq yaratish va “Xavfsiz hudud” modul’ prinsipini joriy etish masalalariga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi. Viloyat IIB rahbariyati, sohaviy xizmatlar vakillari, shuningdek DXX, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda prokuratura mas’ullari ishtirokida o’tgan tadbirda respublika Ichki ishlar vazirining o’rinbosari, polkovnik Najmiddin Turaxodjayev so’zga chiqdi va “Xavfsiz hudud” modul’ prinsipi haqida atroflicha ma’lumot berdi.

CHunonchi, mazkur loyiha ishga tushiriladigan bo’lsa, viloyatdagi barcha kuzatuv kameralarining tasvirlarini yagona markazdan kuzatish imkoni paydo bo’ladi. SHuningdek, yagona axborot makoni yuzaga keltiriladi. YA’ni insonning yuzidan tanuvchi qurilmalar orqali ularning shaxsiga aniqlik kiritish, fuqarolar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlar, yo’l-transport hodisalari haqida ma’lumot olish, xuddi shunday ichki ishlar organlari probatsiya xizmati nazorati ostida bo’lgan shaxslarning nazoratini masofadan amalga oshirish uchun sharoit yaratiladi.

Mazkur maqsadda profilaktika inspektorlari, yo’l-patrul’ xizmati, migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish hamda patrul’-post xizmati xodimlari planshetlar bilan ta’minlanadi. Xuddi shunday, hududlarda zamonaviy kuzatuv kameralari o’rnatilishi, viloyatdagi barcha yashash manzillari, korxona, tashkilot, muassasa, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalarining aniq geoxaritasi yuzaga keltirilishi zarur. Tabiiyki, mutaxassislar malakasi oshiriladi.

Text to speech