9 Iyun 2022 yil 688

Ehtiyotsizlik ko’ngilsiz hodisaga sabab bo’ldi

Toshkent – Samarqand yo’nalishida soatiga 190 kilometr tezlikda harakatlanayotgan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi Jizzax viloyati G’allaorol tumani hududidan o’tgan temir yo’lning 3652- kilometrida 2 nafar voyaga yetmaganni urib yubordi. 2007 yilda tug’ilgan jabrlanuvchilardan biri shifoxonada ko’rsatilgan muolajalarga qaramasdan hayotdan ko’z yumgan, boshqasi jonlantirish bo’limida.     

Mazkur hodisa Marjonbuloq shaharchasidagi 73- sonli o’rta umumta’lim maktabida G’o’bdin, YAngidala, O’zbek oltini, Marjonbuloq, Geologlar, Nurafshon mahalla fuqarolar yig’inlari raislari, profilaktika inspektorlari, o’qituvchilar hamda aholi ishtirokida muhokama qilindi. Tadbirda Jizzax viloyati IIB transportda xavfsizlikni ta’minlash bo’limi, viloyat IIB faxriylar kengashi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan temir yo’llarni faqat belgilangan joylardan kesib o’tish va xavfsizlik qoidalariga amal qilish, temir yo’llar tevaragida chorva mollari boqmaslik, temir izlar muhofaza hududiga kirmaslik, infratuzilma ob’yektlariga shikast yetkazmaslik, shuningdek talon-toroj qilmaslik yuzasidan fikrlar bildirildi.  

Temir yo’llarda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan targ’ibotni kuchaytirish, ota-onalar va jamoatchilikning voyaga yetmaganlar ustidan nazoratini oshirish, temir yo’llarga yondosh aholi punktlarida yashovchi fuqarolar, maktab o’quvchilari va voyaga yetmaganlar  tomonidan jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish masalalari ham e’tiborda bo’ldi.

Text to speech