9 Fevral 2021 yil 692

Buyuk siymoga ehtirom

Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyida buyuk mutafakkir, hazrat Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan qator tadbirlar o’tkazildi. Uchrashuvlar va navoiyxonlik kechalarida bobomizning amalga oshirgan ezgu ishlari va mumtoz adabiyotimiz rivojiga qo’shgan hissasi e’tirof etildi.

“Navoiy barhayot siymo” shiori ostida o’tgan navoiyxonlik kechasida litsey pedagogik jamoasi va o’quvchilari, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar. Tadbirda navoiyshunos olimlar temuriy hukmdor Xusayn Boyqaro tomonidan she’riyat sohibqironi deya ulug’langan shoir besh asrdan ortiq davr o’tsada o’zbek xalqining ardoqli farzandi, mumtoz adabiyotimiz asoschisi sifatida e’zozlanib kelinayotgani ta’kidlandi. Kecha qatnashchilari tomonidan bildirilganidek, Alisher Navoiy asarlaridagi komillik va insonparvarvarlik g’oyalari xar bir kishi uchun dasturilamal desak xato bo’lmaydi.

Mutafakkir ijodida sevgi va sadoqat, insoniylik, bag’rikenglik hislatlari, tabiat va insonlar o’rtasidagi munosabatlar mahorat bilan yoritilgan. Davlat va jamoat arbobi, shoir tavalludi munosabati bilan o’tkazilgan ushbu kecha Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosini yanada chuqurroq o’rganish, yosh avlodni buyuk bobokalonimiz bilan fahrlanish, yetuk shaxs bo’lish, bugungi tinch va osuda kunimizning qadriga yetib, o’qib-o’rganishga undashi shubhasiz. Tadbirda o’quvchilar tomonidan buyuk so’z san’atkori asarlari va hayotidan saxna ko’rinishlari namoyish etildi, g’azallari bilan aytiladigan qo’shiqlar yangradi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech