15 Yanvar 2022 yil 622

Bayram munosib nishonlandi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasida O’zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar’ – Vatan himoyachilari kuni tantanali ravishda nishonlandi. Tadbir avvalida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirining bayram tabrigini o’qib, eshittirdi.

SHuningdek, boshqarma boshlig’i mamlakatimiz mudofaa qudratini kuchaytirishga qaratilgan islohotlar, xususan Qurolli Kuchlarimizning muhim asosi bo’lgan ichki ishlar organlari tizimida yuz berayotgan o’zgarishlar to’g’risida to’xtalib, shaxsiy tarkibni bayram bilan tabrikladi.

Tantana davomida mamlakatimiz rahbarining 2022 yil 13 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to’g’risida”gi farmoni asosida “SHuhrat” medali bilan taqdirlangan viloyat IIB PPX va JTSB patrul’-post xizmati batal’oni komandiri, podpolkovnik Umar Qodirov qutlandi.  

SHuningdek, bir guruh xodimlarga “O’zbekiston Qurolli Kuchlariga 30 yil”,  “A’lo xizmatlari uchun”, “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” ko’krak nishonlari, faxriy yorliq hamda sovg’alar topshirildi. Sohaning yana bir qancha vakillari navbatdagi maxsus unvonlarni qabul qilib oldilar. YAkunda viloyat ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o’rtasida bo’lib o’tgan “Eng yaxshi kitobxon” ko’rik-tanlovi g’oliblari diplom va estalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.  

 

Text to speech