18 Oktyabr 2021 yil 70

Amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo’linmalarida joriy yilning 9 oyida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Tadbirda, shuningdek, viloyat ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda ekspert kriminalistika bo’limi faoliyati ham muhokama etildi.

Yig’ilishda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi va uning quyi tizimi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumot berildi. Qayd etilishicha, hisobot davrida ko’rilgan jinoyat ishlarining qariyb 80 foizi tamomlanib, jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy zararlarning 79 foizi undirildi.

SHuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi “Ichki ishlar organlarining jinoyatlarni tergov qilish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori ijrosi yuzasidan qilingan ishlar ham tilga olindi. Ma’lum qilinishicha, SHarof Rashidov tuman ichki ishlar bo’limi hamda Jizzax shahar va Zomin tumani ichki ishlar boshqarmalari tergov bo’limlari binolarida tergov jarayonlarini stenografiya qilish, videonazorat, tergov harakatlarini audio va video shaklida yozib olish tizimlarini o’zida mujassam etgan maxsus tergov xonalari tashkil etildi.

Bundan tashqari, Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov bo’limi binosida innovatsion virtual tergov poligoni tashkil etildi. O’rnatilgan dasturiy ta’minot yordamida istalgan hodisa joyi modeli yaratiladi. Bu o’z navbatida tergovchi yoki surishtiruvchi virtual tarzda voqea yuz bergan manzilni ilmiy va nazariy asoslangan holda ko’zdan kechirishi va shu orqali amaliyotda yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarning oldi olinadi.

Yig’ilish davomida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi migrsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi hamda ekspert-kriminalistika bo’limlarining faoliyati ham tahlil etildi. Aytish joizki, ekspert kriminalistika bo’limi xodimlari jinoyat va hodisa joyini ko’zdan kechirish, tergov harakatlari, tezkor qidiruv tadbirlarida mutaxassis sifatida ishtirok etishgan. Muhokamada o’tkazilgan ekspertiza va tekshirish ishlari haqida ham ma’lumot berildi.

Tadbirda ko’rilgan masalalar atroflicha muhokama etilib, galdagi vazifalar belgilandi. YAkunda hududda huquq-tartibot va qonuniylikni mustahkamlash, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo’lida sidqidildan mehnat qilib, ijobiy natijalarga erishgan bir guruh xodimlar viloyat ichki ishlar boshqarmasining faxriy yorlig’i, badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi. SHuningdek, bir necha xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech