11 Sentyabr 2021 yil 44

3- sektor rahbarining navbatdagi qabuli o’tkazildi

Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i haftaning har shanba kuni boshqarmada o’z shaxsiy qabulini o’tkazmoqda. Navbatdagi qabulda 20 dan oshiq fuqaro turli masalalar yuzasidan murojaat qildi.

Jumladan, ishga joylashish, huquqiy yordam olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, oilaviy nizolarni hal qilish, uy-joy tiklash uchun yer hamda moddiy yordam ajratish, ish joyini o’zgartirish, firibgardan qarzni undirish, qonunni buzgan shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish, fuqarolar murojaatlariga e’tiborsizlik qilgan mas’ullarga chora ko’rish bo’yicha ko’mak so’raldi.

Muloqotlar davomida ko’tarilgan har bir masalaga yechim topish nuqtai nazaridan tegishli mas’ullar biriktirilib, muammolarni hal etish muddatlari belgilandi. Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’ining bu kabi qabullari viloyatning 3- sektoridagi aholi punktlarida muntazam o’tkazilmoqda.

Mazkur jarayonda fuqarolar murojaatlaridan kelib chiqib, bir qator ishlar amalga oshirilayapti. Xususan, aholi bandligini ta’minlash maqsadida 3- sektor vakillari tadbirkor va ishbilarmonlarni qo’llab-quvvatlash, oilaviy tadbirkorlik uchun subsidiya va kreditlar ajratish, ayollar, yoshlar va temir daftarga kiritilganlarni yer va ish qurollari bilan ta’minlash choralarini ko’rishayapti.   

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech