25 Fevral 2020 yil 1385

3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni oldidan bayram tadbiri o'tkazildi

Jizzax shahrida 3 dekabr - xalqaro nogironlar kuni oldidan bayram tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda ichki ishlar xodimlari hamda sektor rahbarlari ishtirok etib, mehmonlarni yaqinlashib kelayotgan Konstitusiya qabul qilingan kun munosabati bilan tabrikladi.

Kunning ikkinchi yarmida mutasaddilar xastalikka chalingan fuqarolar xonadoniga borib, ularga bayram sovg'alari topshirildi. Jizzax shahri, Zilol mahallasida istiqomat qiluvchi muhabbat Pardaevaning xonadoniga ichki ishlar xodimlari tashrif buyurib, nogironligi bo'lgan yorqin Ulug'murodovga nogironlik aravachasi ulashildi.

Inson borki, mehrga, e'tiborga ehtiyoj sezadi, – deydi yorqin Ulug'murodovning onasi. – Kimningdir ko'nglini ko'tarish, holidan xabar olish asl insoniylikdan. Inson qadri baland bo'lgan yurtimiz farovonligiga ko'z tegmasin!

Ma'lumot o'rnida aytib o'tishimiz kerakki, bugun viloyatimizda
22 mingdan ziyod nogironligi bo'lgan shaxslar istiqomat qiladi. O'tgan yilning 11 oyi davomida 464 nafariga nogironlik aravachasi, 150 nafariga eshitish moslamasi, 235 nafariga hassa-tayoq kabi reabilitasiya vositalari ajratilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech