15 Sentyabr 2022 yil 320

Zukkolar bellashdi

Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida Zakovat intellektual o’yini uyushtirildi. Mazkur tadbir “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” munosabati bilan tashkil etildi.

“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz” shiori ostidagi “Zakovat” intelektual o’yini avvalida viloyat IIB boshlig’i o’rinbosari, podpolkovnik Hamidullo Abdullayev o’nayotgan avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’naviy tadbirlar to’g’risida atroflicha to’xtaldi. SHu bilan birga kitobxonlikni yanada ommalashtirishda bu kabi bellashuvlarning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladi. SHundan so’ng, intelektual o’yinda IIV Jizzax akademik litseyi o’quvchilari o’z bilim salohiyatlarini namoyon etishdi. Har bir jamoa berilgan savolga tezkor va aniq javob berish orqali g’oliblik uchun kurashishdi.

Ta’kidlash joiz, bilim dargohida yoshlarning intellektual va professional bilim darajasini, ma’naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, bilimli va salohiyatli o’quvchilarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yetarlicha sharoit yaratish, ularni munosib rag’batlantirish, ilmni qadrlash, bilim olishga intilish kabi tushunchalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan. SHu ma’noda “Zakovat” intellektual o’yinlarida ishtirok etuvchi jamoalar faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Qiziqarli kechgan mazkur zukkolar bellashuvi yakunida litseyning “Respekt” jamoasi g’olib deb topildi. 2 va 3 o’rinlarni esa “Zukkolar” va “Milliy” jamoalar egallashdi.

Text to speech