27 Sentyabr 2022 yil 322

Zakovatlilar zakovatda

Jizzax viloyati ichki ishlar organlari xodimlari, soha faxriylari, Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi. Ushbu zukkolar bellashuvi “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida uyushtirildi.

Jizzax shahridagi Versal tantanalar majmuasida o’tgan tadbir avvalida Jizzax viloyati IIB boshlig’ining o’rinbosari, podpolkovnik Hamidullo Abdullayev so’zga chiqib, ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan soha vakillarining intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar to’g’risida atroflicha to’xtaldi. SHu bilan birga “Kasbiy tayyorgarlik oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar va ularning ahamiyati xususida xususida so’z yuritdi.

SHundan so’ng Jizzax viloyati IIB JXX JTSB hamda YHXB, Jizzax shahar va Zomin tumani IIB, barcha tumanlar IIB, IIV Jizzax akademik litseyi o’quvchilari hamda soha faxriylaridan iborat 17 ta jamoa bellashishdi.

Tadbir davomida ichki ishlar organlari xodimlari o’z bilim va iqtidorlarini namoyish qilishga astoydil harakat qilishdi. SHu ma’noda, intellektual o’yin qiziqarli kechdi.

Ta’kidlash joiz, ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual va professional bilim darajasini, ma’naviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish, bilimli va salohiyatli xodimlarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yetarlicha sharoit yaratish, ularni munosib rag’batlantirish, ilmni qadrlash, bilim olishga intilish kabi tushunchalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilgan.

Qiziqarli kechgan mazkur zukkolar bellashuvda Forish tumanining “Afsona” jamoasi birinchilikni egalladi. Ikkinchi va uchinchi o’rinlar G’allaorol tumani IIBning “Vatanparvarlar” hamda YAngiobod tumani IIBning “YOshlar” jamoalariga nasib etdi.

 

 

Text to speech