26 Mart 2023 yil 261

Yangiobod tumani: muammolarga yechim qidirib...

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov YAngiobod tumanining CHakand qishlog’ida barpo qilingan suv uzatish inshooti bilan tanishdi. Bu yerda aholining 3- sektor rahbariga murojaati asosida 240 metr chuqurlikda artezian qudug’i kovlanib, suv minorasi va transformator o’rnatilgan. Mazkur inshoot kelgusida Namingon qishlog’ini suv bilan ta’minlashga xizmat qiladi. O’z navbatida Namingongacha 4,2 kilometr uzunlikda quvur ham tortildi. Ayni vaqtda suv uzatish inshooti hududini betonlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilyapti.

SHu kuni viloyat IIB boshlig’i Namingonga ham bordi. Mazkur qishloqda bundan 4 yil ilgari aholining ichimlik suviga bo’lgan ehtiyojini qondirish maqsadida 3- sektor ishchi guruhi tomonidan buloq suvlarini to’plovchi tizim va suv minorasi yuzaga keltirilgandi. CHakandda qurilgan yangi inshootga keladigan bo’lsak, ushbu tizim namingonliklarning suvga bo’lgan talabini to’la qondirishga omil bo’ladi.

3- sektor rahbari hududdagi 10- sonli o’rta umumta’lim maktabiga ham bordi va muassasada yaratilgan ta’lim sharoitlari bilan tanishdi. Maktab o’qituvchilari bilan muloqot jarayonida ta’lim dargohini obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.   

Text to speech