15 Sentyabr 2022 yil 342

Sektor rahbari aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov G’allaorol tumanining Gulchambar va Qipchoqsuv qishloq fuqarolar yig’inlarida bo’lib, aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu jarayonda yo’llarni sozlash va elektr ta’minotini yaxshilash yuzasidan hokimlik, viloyat va tuman yo’l qurilish tashkilotlari rahbarlari bilan muloqot o’tkazdi. 

Sektor rahbari Jarbuloq qishlog’idagi 50- sonli o’rta umumta’lim maktabi sharoitlarini ham ko’zdan kechirdi. O’z navbatida G’allaorol tumani hokimi Jaloliddin Oqboyev o’quv muassasasini kapital ta’mirlash choralari ko’rilishini bildirdi. SHu kuni viloyat IIB boshlig’i tomonidan gulchambarlik Sevara Kenjayevaga tikuv mashinasi topshirildi. Sevara Kenjayeva 3- sektor rahbari tomonidan Qipchoqsuvda o’tkazilgan sayyor qabulda ko’mak so’ragandi.   

So’ng Gulchambar qishlog’idan o’tgan 14 kilometrlik ta’mirga muhtoj Zarmitan yo’li hamda Solin qishlog’ida qurilayotgan beton yo’l ko’zdan kechirildi. Ma’lumot o’rnida aytish kerak, 3- sektor rahbarining tashabbusi bilan hududdagi aholi punktlariga elektr ustunlari o’rnatish va tarmoq tortish ishlari jadallashdi. Jumladan, o’tgan 15 kunda Gulchambar qishloq fuqarolar yig’inida 235 ta ustun hamda 2 ta transformator o’rnatilgan, 6 kilometr uzunlikda tarmoq tortilgan.      

Text to speech