26 Noyabr 2022 yil 251

Sayyor qabulda muammolarga yeichm izlandi

Jizzax viloyati IIB boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirovning navbatdagi sayyor qabuli Jizzax shahrida o’tkazildi. Qabul avvalida bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda hududda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilot hamda muassasalar mavjud ish o’rinlari bilan ishtirok etishdi.

Ish izlab yurgan fuqarolar mutaxassisliklari bo’yicha ma’lumot olish va mehnat shartnomasi tuzish imkoniga ega bo’lishdi. Sektor rahbari dastlab ushbu yarmarka hamda hunarmand va tadbirkorlar ishlab chiqargan mahsulotlar ko’rgazmasi bilan tanishdi. O’zini o’zi band qilish uchun subsidiya asosida tikuv moshinkasi ajratilgan 9 nafar xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. SHuningdek, 4 nafar yurtdoshimizga tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun kredit mablag’i ajratilganligi, bir necha yoshlarga oliy ta’lim uchun shartnoma pullarining ma’lum qismi, safarbarlik chaqiruv rezervida xizmat o’tash uchun to’lov o’tkazilganligi haqidagi sertifikatlar topshirildi. 16 yoshga to’lgan 4 nafar yoshlarga ID karta va bir guruh faol yoshlar faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

3- sektor rahbarining sayyor qabulida fuqarolar tomonidan uy-joyini ta’mirlash, ichki yo’llarini shag’allashtirish, ko’p qavatli uylarga videokuzatuv o’rnatish, o’zini o’zi band qilish uchun subsidiya ajratilishi, beton tayanch ustunlari o’rnatish, uy bilan ta’minlashga oid murojaatlar bayon qilindi. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozli kredit ajratilishi, pul mablag’larini qaytarib olish, chiqindilarni olib ketmaslik, bandlik va bolalar maydonchasi qurish, shartnoma to’lovlarini to’lash kabi 40 ga yaqin masalalarni hal etishda amaliy yordam so’raldi. Har bir muammo mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ijrosini ta’minlash bo’yicha mutasaddilarga vazifalar yuklatildi. Qabulda bir necha fuqarolar murojaatlari ijobiy hal etilgani uchun minnatdorchilik ham bildirishdi.

Sayyor qabuldan so’ng viloyat IIB boshlig’i, general-mayor G’.Qodirov ko’tarilgan muammolarning ayrimlarini mutasaddilar bilan birga joyiga chiqib o’rgandi. Xususan, turar joyini ta’mirlash yuzasidan murojaat qilgan Zilol mahallasida yashovchi Tohir Allaberdiyevning xonadoniga borilib, tez kunlarda yordam ko’rsatishga kelishib olindi. 3- sektor rahbarining sayyor qabullari reja asosida hududlarda muntazam o’tkazilmoqda. 

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech