15 Oktyabr 2021 yil 461

Jizzaxda xodimlar o’rtasida mini futbol musobaqasiga start berildi

Ichki ishlar organlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 25 oktyabr – ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari, Jizzax shahar va Zomin tumani ichki ishlar boshqarmalari, barcha tumanlar ichki ishlar bo’limlari xodimlari o’rtasida sportning mini futbol turi bo’yicha bellashuvga start berildi.

Musobaqa ochilishida Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor G’ayrat Qodirov sport tadbirlarining ahamiyati xususida to’xtalib, ishtirokchilarga omad tiladi. SHundan so’ng bellashuv boshlandi. Dastlab viloyat ichki ishlar boshqarmasi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi hamda transportda xavfsizlikni ta’minlash bo’limi xodimlari yashil maydonda uchrashdilar.

“YAngi O’zbekiston – yangi ichki ishlar organlari” shiori ostidagi musobaqada jami 21 ta jamoa ishtirok etayapti. Ikki guruhda davom etayotgan bellashuvning birinchi guruhida jami 10 ta o’yin o’tkazildi va 2 ta jamoa g’olib deb topildi.

Aytish joiz, 25 oktyabr – ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bugunga qadar sportning voleybol turi bo’yicha Ichki ishlar vazirligi Jizzax akademik litseyi o’quvchilari o’rtasida voleybol hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari, litsey hamda 40-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi xodimlari ishtirokida 3 ming metrga yurish bellashuvlari o’tkazildi. Bundan tashqari, 3 ming metrga yugurish, harbiy sport o’yinlari, jangovar sport va sharq yakka kurash turlari bo’yicha ko’rgazmali chiqishlar qilinib, harbiy texnikalar va maxsus vositalar ham namoyish etiladi.

Text to speech