1 Mart 2021 yil 661

Imkoniyatlar  samaradorlikni ta’minlaydi

Jizzax viloyati IIB boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan 2020 yilda 1 ming 192 ta jinoyat ishi bo’yicha dastlabki tergov harakatlari olib borildi. Mazkur jarayonda fuqarolar manfaatlariga 26 milliard 38 million so’m moddiy zarar yetkazilgani aniqlandi. Bu davrda 19 milliard 201 million so’mlik zarar undirilishiga erishildi.

Qonun ustuvorligi hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati IIB boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi va uning quyi bo’linmalarida tergov va protsessual harakatlar o’tkaziluvchi 50 ta xizmat xonalariga videokuzatuv qurilmalari o’rnatilgan. O’z navbatida bu qurilmalar respublika IIV hamda Jizzax viloyati IIB boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasiga integratsiya qilindi.

Tergovchilar barcha zaruriy texnika, jihoz va vositalarga ega. Bu esa faoliyat samaradorligini ta’minlamoqda.     

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.

 

Text to speech