21 Sentyabr 2021 yil 370

Prezident farmoni asosida afv etilganlarga ko’mak beriladi

Joriy yilning 27 avgust kuni Mustaqillikning 30 yillik bayrami munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish jazosini o’tayotgan, qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon bo’lgan va tuzalish yo’liga o’tgan bir guruh shaxslarni afv etish to’g’risida”gi farmoniga muvofiq, jizzaxlik 4 nafar shaxslar jazoni ijro etish manzil koloniyalaridan ozod etilib, o’z yashash manzillariga qaytarildi. Bir nafarining jazosi yengillashtirildi. Jizzax viloyati sektor rahbarlari ozod etilgan fuqarolar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolarini o’rgandilar.

Tadbir avvalida jinoyat yo’liga bilib-bilmay kirgan, qilmishiga chin ko’ngildan pushaymon va tuzalish yo’liga qat’iy o’tgan shaxslarning oilasi va yaqinlari bag’riga qaytishlari ularning hayotda o’z o’rinlarini topishi uchun imkoniyat ekanligi ta’kidlandi.

SHundan so’ng, afv etilganlarning muammosi o’rganildi. YAshash uyini ta’mirlash, uy-joy bilan ta’minlash va bandlik kabi ko’tarilgan masalalarni hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Tadbirda afv etilgan shaxslarning ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug’ullanishi, jamiyatda munosib o’rin topishi uchun ularga ko’mak berishga qaratilgan choralar belgilandi.

 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech