25 Fevral 2020 yil 615

Zafarobod tumanida jinoyat muhokamasi bo'lib o'tdi

Zafarobod tumani ichki ishlar bo'limi tashabbusi bilan uyushtirilgan jinoyat muhokamasida tumanning Cho'liguliston qishloq fuqarolar yig'ini aholisi ishtirok etishdi. Boisi, jinoyat ayni shu hududda yuz bergan. Ya'ni, shu yilning 16 noyabrida Zafarobod tumani Cho'liguliston qishloq fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi 1988 yilda tug'ilgan Isroil Jo'raev uyiga shirakayf holatda keladi. U oilaviy masalalarda xotini bilan kelasha olmayotgani va shu sabab ajrashmoqchi ekanligini bildiradi. Mast holatda bo'lgan erning og'zidan chiqayotgan bu gaplar xotinni sergaklantiradi. Shu orada Isroil Jo'raev hozirning o'zida xotinidan shaxsiy narsalarini olib uydan chiqib ketishini so'raydi. O'rtadagi nizo, janjaldan ko'tarilgan shovqin qo'shnilarni xabar olishiga undaydi. Biroq ulardan birining kelguniga qadar Isroil Jo'raev xotinini oshxona pichog'i bilan qasddan o'ldirish maqsadida bo'yin, jag', ikkala qo'l, kaft, barmoq sohalariga urib jarohatlab bo'lgan edi. Ayolning hayoti Zafarobod tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy bo'limi xodimlarining o'z vaqtida ko'rsatgan yordimi bilan saqlab qolindi.

Jinoyat tafsilotlarini bayon etish asnosida fuqarolar hushyorlikka chaqirildi. So'nggi yillarda spirtli ichimlik iste'mol qilishi oqibatida jinoyat sodir etganlar soni oshib ketayotganligi, bu turdagi qounbuzarliklarning sabab va omillari, qishloq fuqarolar yig'inida noqonuniy alkagol mahsulotlarining sotuvga chiqarmaslik tilga olindi. Shuningdek, viloyatda sodir bo'lgan bir qator jinoyatlarining asosiy sababchisi ayni spirtili ichimlik iste'moli oqibatida bo'layotgani haqida atroflicha ma'lumot berildi.

Bundan tashqari jinoyat muhokamasida har qanday janjalli masalalarni qo'l kuchi yoki pichoq yordamida emas, qonun posbonlari ko'magida hal qilish zarurligi uqtirildi. Ya'ni, er va xotin o'rtasidagi ziddiyatga tig'bilan emas, mahalla-ko'y, profilaktika inspektori ishtirokida chek qo'yilganida ayol shifoxonaga, uning eri esa hibsxonaga joylashtirilmagan bo'lardi.

Tadbir davomida qatnashchilar mavzu yuzasidan o'z munosabatlarini bildirishdi. Shundan so'ng viloyat ichki ishlar boshqarmasi huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqramasi boshlig'i, polkovnik Jo'rabek Avazov viloyatda sodir bo'lgan shunga o'xshash bir qator jinoyatlar tafsilotlarini bayon qildi. Polkovnik Jo'rabek Avazov o'z so'zida noqonuniy xatti-harakatlardan tiyilish, yoshlar tarbiyasiga e'tiborni kuchaytirish hamda fosh etilmagan

jinoyatlar va Qidiruvdagi shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar berish, jamoatchilik nazoratini oshirishga oid taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech