17 Sentyabr 2021 yil 67

Yo’lovchi jarblandi

Jizzax viloyati SHarof Rashidov tumani hududidan o’tgan Toshkent – Termiz M-39 yo’lining 970- kilometrida Buxoro tumani Galaosiyo mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Cobalt” avtoulovining orqa o’ng shinasi havo qo’yib yuborishi tufayli haydovchi rul boshqaruvini yo’qotdi.

Oqibatda yo’l-transport hodisasi ro’y berib, “Cobalt” yo’lovchisi, Buxoro shahri Sultonjo’ra mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi shaxs bel umurtqasi sinishi tashxisi bilan shifoxonaning neyroxirurgiya bo’limiga yotqizilgan. Tergovga qadar tekshiruv o’tkazilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech